Paragvay sobiq prezidenti uy qamoğiga olindi
Olam
−
10:11 186 2 daqiqa
Paragvay sobiq prezidenti Santyago Penya bank inqirozi bilan boğliq mojaro ortdan lavozimidan çetlatilib, uy qamoğiga olindi. Uning örnini sobiq vitse-prezident Pedro Alyana egallab, joriy yilning 6 noyabr kuni mamlakatning 53-prezidenti sifatida qasamyod qildi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, keça, 7 noyabr kuni parlamentning yuqori palatasi – Senatdagi 45 nafar a’zodan 44 nafari Penyani lavozimidan çetlatiş uçun ovoz bergan. Bir senator betaraf qolgan. Bundan oldin Vakillar palatasi ham 78 ovoz bilan unga nisbatan impiçment jarayonini ma’qullagan.
Siyosiy inqirozga mamlakatdagi yirik moliyaviy taşkilotlardan biri – Ueno Bank faoliyatining töxtatilişi sabab bölgan. Paragvay Markaziy banki joriy yilning 3 noyabr kuni moliyaviy taşkilotning tölovga qobiliyatlilik böyiça qonuniy talablarni bajarmayotganini ma’lum qilgan.
Şundan söng bank davlat nazoratiga olinib, uning qolgan aktivlari boşqa banklarga ötkazilgan. Bank inqirozi oqibatida millionlab mijozlar öz hisobvaraqlari va pensiya tölovlaridan foydalana olmay qolgan. Ma’lumotlarga köra, Ueno mamlakatdagi qariyb 3 million kişiga xizmat körsatgan va Paragvaydagi katta yoşli aholining uçdan ikki qismi uning mijozlari bölgan.
Mojaro ortdan Penyaning bank bilan aloqalari ham jiddiy savollarni keltirib çiqargan. U 2023 yilda Ueno’ning boş kompaniyasi aksiyadori bölgani aniqlangan, biroq 2025 yilning boşida öz uluşini sotganini bildirgan. Prokuratura sobiq prezident bankka davlat idoralari orqali imtiyozlar yaratgan bölişi mumkinligini tekşirmoqda.
Penya avvalroq iste’foga çiqiş istagini bildirgan. Biroq 6 noyabr kuni parlament uning iste’fosini qabul qilmasdan, impiçment jarayonini davom ettirgan. Sobiq prezident öziga qöyilayotgan ayblovlarni rad etib, tergov bilan hamkorlik qilişini bildirgan.
Şuningdek, Paragvay Markaziy bankining sobiq rahbari Karlos Karvallo ham mojaro doirasida tergovga jalb qilingan. Unga nisbatan ham hibsga oliş çorasi qöllaş haqida qaror çiqarilgan.
Hozirda Ueno Bank mojarosi böyiça kamida 27 kişi jinoiy javobgarlikka tortilmoqda. Ular orasida bankning asosiy aksiyadori Migel Vaskes ham bor. Tergov doirasida firibgarlikka uriniş, işonçni suiiste’mol qiliş, mablağlarni özlaştiriş va mansabdor şaxslarga ta’sir ötkaziş kabi holatlar örganilmoqda.
Yangi prezident Pedro Alyana esa mamlakatni 2028 yilning avgustigaça boşqarişi kutilmoqda. U 2023 yildan buyon Penyaning vitse-prezidenti bölib işlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Paragvay prezidenti Santyago Penya mamlakatdagi yirik raqamli banklardan biri – Ueno faoliyatining inqirozga yuz tutişi ortidan iste’foga çiqqani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr