Pandemiya Luvr muzeyiga qanday ta’sir ko‘rsatdi? 

Olam

image

Fransiya poytaxti Parij shahrida joylashgan Luvr muzeyi 2020 yilda tashrif buyuruvchilarining 72 foizini yo‘qotdi. Koronavirus pandemiyasi sharoitida muzeyga tashrif buyuruvchilar soni yuqori darajada kamaygan. 

Muzey vakillariga ko‘ra, Luvrga 2020 yilda 2,7 million kishi tashrif buyurgan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 9,6 million kishini tashkil etgan. 

2018 yilda muzey rekord darajada 10,2 million tashrif buyuruvchini qabul qilgan. 

Muzey direktori Jan-Lyuk Martinesning ta’kidlashicha, zallar bo‘sh bo‘lishiga qaramay, “Luvrning uzoq yillik tarixi yaxshi kunlarga umid qilish hech qachon bejiz bo‘lmasligini isbotlaydi”. 

2021 yilda Luvrda bir nechta ta’mirlangan xonalarni ochish va yangi ko‘rgazmalar namoyish etish rejalashtirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Luvr

Baholaganlar

28

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing