“Paxtakor” O‘zbekiston kubogi finalida “Buxoro”ni mag‘lub etdi

Sport

image

Bugun, 29 oktyabr kuni O‘zbekiston kubogi doirasidagi final bahsi bo‘lib o‘tdi.  Andijondagi “Bobur Arena”da o‘tkazilgan o‘yinda “Paxtakor” “Buxoro”ni mag‘lub etdi.

“Bobur Arena”da dastlabki daqiqalardanoq muxlislar o‘z jamoalarini faol qo‘llab-quvvatladi. Tomonlar birinchi bo‘limda hujumlar uyushtirib, imkoniyatlarga ega bo‘ldi, biroq darvoza tomon yo‘l topilmadi. Shu tariqa ilk taym nursiz during bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda poytaxt jamoa vakillari qator hujumlar uyushtirdi. O‘yinning 63-daqiqasida bu hujumlar nihoyat natijasini berdi. “Sherlar” vakili Hojimat Erkinov hisobni ochib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Hakam bahsga 7 daqiqa qo‘shib berdi. 93-daqiqada “Buxoro” gol urdi, ammo hakam o‘yindan tashqari holat sabab uni bekor qildi. Hojimat Erkinovning goli esa o‘yinda yagona bo‘ldi va “Paxtakor”ga O‘zbekiston kubogi g‘olibligini olib keldi.

Ma’lumot uchun, “sherlar“ yarim finalda “Dinamo”ni penaltilar seriyasida (4:2) mag‘lub etib, finalga yo‘l olgan. “Buxoro” esa “So‘g‘diyona”dan ustun kelib (3:2), kubok uchun o‘tkaziladigan turnirning yakuniy bosqichidagi ishtirokini kafolatlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Buxoro O'zbekiston kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing