“Paxtakor”ning “Al-Hilol”ga qarshi o‘yini qachon bo‘lishi aytildi
Sport
−
20 fevral 2025 5928 1 daqiqa
Toshkentning “Paxtakor” klubi Osiyo Chempionlar ligasi Elit turniri 1/8 final bosqichi dastlabki o‘yinida 4 mart kuni “Al-Hilol”ni qabul qiladigan bo‘ldi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Paxtakor” Saudiya chempioni “Al-Hilol”ga qarshi 4 mart kuni “JAR” stadionida maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi. Javob o‘yini 11 mart kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi va ushbu bahs ham 21:00 ga belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “Paxtakor” Osiyo Chempionlar ligasi Elit turniri guruh bosqichi so‘nggi turida Qatarning “Al-Sadd” klubini 2:1 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l olgani va turnir davomida qancha ishlab olgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi