Ostonada ayol 15-qavatdan ichida 2 yashar bola bor aravacha ustiga quladi
Olam
−
20:52 1217 1 daqiqa
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida 27 yoshli ayol va 2 yashar bola halok bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol ko‘p qavatli uyning 15-qavatidan tushib ketib, bolalar aravachasi ustiga qulagan, oqibatda u va aravada bo‘lgan bola vafot etgan. Bu haqda Qozog‘iston poytaxti politsiya departamentiga tayanib, “Kazinform” xabar berdi.
Huquq-tartibot organlarining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 27 yoshli ayol turar joy binosining 15-qavatidagi derazadan tushib ketgan. U pastda turgan bolalar aravachasi ustiga qulagan.
Qayd etilishicha, ayol voqea joyida halok bo‘lgan. Aravada bo‘lgan 2 yoshli bola ham olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Bildirilishicha, hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Politsiya voqeaning barcha holatlarini aniqlash bo‘yicha tergov olib bormoqda. Ayni paytda ayolning nima sababdan 15-qavatdan tushib ketgani rasmiy ma’lumotda ochiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Vladivostok shahrida homilador ayol ko‘p qavatli uyning yettinchi qavatidan yiqilib tushganiga qaramay, og‘ir jarohatlarsiz omon qolgandi.
Live
Barchasi