Osiyo o‘yinlari yakunlandi. O‘zbekiston g‘aznasida nechta medal bor?
Sport
−
13:06 6680 1 daqiqa
Bugun, 4 oktyabr kuni Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar jami 70 ta medalga ega chiqdi.
Joriy yilgi Osiyo o‘yinlarida umumiy hisobda O‘zbekiston atletlari 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medalga sazovar bo‘ldi. Ushbu natija 1994 yilda O‘zbekiston ilk ishtirokini boshlagandan beri musobaqadagi ikkinchi eng yaxshi natija hisoblanadi. Bundan oldingi eng yaxshi natija 2023 yilda Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida qayd etilgan. O‘sha musobaqda O‘zbekiston delegatsiyasi 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza – jami 71 ta medalga ega chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Osiyo o‘yinlarida oltin medal olgan o‘zbekistonlik sportchilarga 25 000 AQSH dollari miqdorda pul mukofoti berilishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi