Ona ikki bolasini 5-qavat derazasidan uloqtirdi
Olam
−
09 fevral 14935 1 daqiqa
Qozog‘istonda ona o‘z farzandlarini beshinchi qavat derazasidan uloqtirib yubordi. Bu haqda bugun, 9 fevral kuni Jambil viloyati politsiya departamentiga tayanib, “NUR.KZ” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, fojiali hodisa Taraz shahrida sodir bo‘lgan. 2021 va 2023 yillarda tug‘ilgan ikki nafar bola mo‘’jizaviy tarzda tirik qolgan, biroq ular og‘ir tan jarohatlari olgan. Shifokorlar bolalarda yopiq bosh miya jarohati va miya shishi aniqlanganini bildirgan.
Shuningdek, katta farzandda son suyagining siljishi ham qayd etilgan. Hozirda shifokorlar jabrlanganlarning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda. Eng kichik bemorda bosh, ko‘krak qafasi va tos suyaklari bo‘yicha kompyuter tomografiya tekshiruvlari o‘tkazilgan. Ularga zarur tibbiy muolajalar, jumladan, laparotsentez amaliyoti bajarilib, tegishli davolash ishlari boshlangan. Katta farzandda oyoq suyagi bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi kutilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan sudgacha tergov harakatlari boshlangan. Gumonlanuvchi ayol qo‘lga olinib, vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Hozirda ish bo‘yicha zarur tergov tadbirlari olib borilmoqda. Ayolning ushbu harakatiga nima sabab bo‘lgani hozircha ochiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Olmazor tumanida ayol ko‘p qavatli uydan ikki farzandi va o‘zini tashlagani haqida xabar berilgan edi.