Olmaliqda ishchilarning halok bo‘lishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
21 fevral
7204Avvalroq, Olmaliq shahrida “Enter Engineering” kompaniyasining metall tayyorlash sexidagi (AZMK-3) vaqtinchalik qurilmaning tom qismi qulashi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
“Olmaliq shahrida sodir bo‘lgan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, deydi Bosh prokuratura matbuot kotibi.
Ma’lumot uchun, mazkur holat oqibatida uch nafar hindistonlik ishchilar voqea joyida vafot etgan, 29 nafari turli darajadagi tan jarohatlari olganligi sababli shifoxonaga joylashtirilgan. Jabrlangan fuqarolarning 4 nafariga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilib, javob berilgan.
Eslatib o‘tamiz, ob-havoning keskinlashuvi va qalin qor yog‘ishi oqibatida Olmaliq shahridagi “Qo‘qon bozorida” ham savdo "naves"i qulash holati yuz bergandi.
LiveBarchasi