Olimpiya mash’alasi Eyfel minorasiga qo‘yilishi mumkin
Sport
−
23 may 2023 3988 1 daqiqa
Parijdagi Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi rahbariyati Eyfel minorasida Olimpiya mash’alasini qo‘yish loyihasi ustida ishlamoqda. Bu haqda “Reuters” vaziyatdan xabardor manbaga tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu loyiha bo‘yicha ishlar ikki yildan buyon davom etmoqda. Biroq olov Olimpiada o‘yinlari davomida minoraga qo‘yiladimi yoki yo‘qmi, noaniqligicha qolmoqda. Bundan tashqari, agentlik suhbatdoshining ta’kidlashicha, mash’alani minoraning eng tepasiga qo‘yib bo‘lmaydi, chunki u yerda antennalar joylashgan.
Tashkiliy qo‘mita vakili Eyfel minorasida Olimpiya mash’alasini o‘rnatish g‘oyasini inkor etmagan. Shuningdek, u Olimpiada o‘yinlarining ochilish kunida mash’ala yoqiladigan joy hozircha aniqlanmaganini qo‘shimcha qilgan.
Qayd etish joiz, Parij Olimpiadasi 2024 yilning 26 iyulidan 11 avgustiga qadar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Rossiyaliklarning ishtiroki tufayli bir necha davlatlar olimpiadaga boykot e’lon qilgan. Rossiyaliklarni tanlovga qabul qilish bo‘yicha qaror hali qabul qilinmagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025