Olga Zabelinskayadan navbatdagi oltin medal
Sport
−
29 mart 2019 4529 1 daqiqa
Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Olga Zabelinskaya navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
MOQ Matbuot xizmati xabar berishicha, Sportchimiz Kiprda o‘tgan “Aphrodite Cycling Race” musobaqasida eng yaxshi natijani qayd etdi.
Mazkur turnir Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga qimmatli reyting ochkolarini berishi bilan ahamiyatli edi. Ushbu muvaffaqiyat Zabelinskayani XXXII Olimpiada sari yanada yaqinlashtirdi.
Live
Barchasi