Odamlar har yili 1 mlrd tonnadan ortiq oziq-ovqatni tashlab yuboradi – BMT
Olam
−
15 noyabr 2025 1029 2 daqiqa
Sayyora aholisi har yili 1 milliard tonnadan ortiq oziq-ovqatni tashlab yuboradi, bu esa global issiqxona gazlari chiqindilarining 10 foizini keltirib chiqaradi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliyaning Belem shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning iqlim bo‘yicha konferensiyasida odamlar va sayyorani iqlim inqirozi oqibatlaridan himoya qilish, ekologik adolatni mustahkamlash va barqaror kelajakni ta’minlashga qaratilgan bir qator muhim tashabbuslar taqdim etilgan.
Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (UNEP) va hamkorlar “Oziq-ovqat yo‘qotishlarida yutuq” (Food Waste Breakthrough) tashabbusini ishga tushirgan. Uning maqsadi 2030 yilga borib dunyodagi oziq-ovqat yo‘qotishlarini ikki baravar kamaytirish, metan chiqindilarini 7 foizga qisqartirish va global ochlik darajasini pasaytirish.
“Dunyo har yili – boy mamlakatlarda ham, kambag‘al mamlakatlarda ham juda ko‘p miqdorda oziq-ovqatni yo‘qotmoqda. Oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish ochlikka qarshi kurashning va metan chiqindilarini kamaytirishning asosiy kalitidir”, deydi UNEP rahbari Inger Andersen.
Global ekologik jamg‘arma tomonidan moliyalashtirilayotgan yangi dastur davlatlar va shaharlarni oziq-ovqat chiqindilarini va metan chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha milliy strategiyalar ishlab chiqishda, samaradorligi isbotlangan yechimlarni rivojlanayotgan mamlakatlarda moslashtirish va kengaytirishda, shuningdek ushbu sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda qo‘llab-quvvatlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti bugungi kunda butun dunyoda qariyb 733 million kishi ochlikdan aziyat chekayotgani haqida xabar bergan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025