Novosibirskda og‘ir vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklar mamlakatga qaytarildi

Jamiyat

image

Novosibirskda og‘ir vaziyatga tushib qolgan 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari – ona va uning voyaga yetmagan farzandini mamlakatga qaytarish bo‘yicha barcha zarur amaliy choralar ko‘rilgan.

Bildirilishicha, u Rossiya migratsiya qonunchiligi talablarini buzgani sababli Novosibirsk shahri huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan ushlangan hamda chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan. Uning voyaga yetmagan farzandi esa maxsus bolalar muassasasiga vaqtincha qabul qilingan.

“Yuzaga kelgan holat bo‘yicha Bosh konsulxona tomonidan tezkor konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilib, qisqa muddat ichida bola uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Migratsiya agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi bilan yaqin hamkorlikda tashkiliy ishlar amalga oshirildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bolgariya Respublikasida murakkab moddiy va ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing