Nigeriya armiyasi 300 dan ortiq qurolli jinoyatchini o‘ldirdi

Olam

image

Kecha, 10 iyul kuni Nigeriya armiyasi mamlakatning shimoli-g‘arbidagi Zamfara shtatida o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida 300 dan ortiq qurolli jinoyatchini o‘ldirdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ikki kun davom etgan operatsiya Gummi tumanida o‘tkazilgan. Zamfara shtati Axborot komissari Mahmud Muhammad Dantavasaning bildirishicha, amaliyot davomida 300 nafardan ortiq qurolli shaxs o‘ldirilgan. Operatsiyada harbiylardan tashqari mahalliy ko‘ngilli qo‘riqlash guruhlari ham qatnashgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qariyb ming nafar qurolli guruh chorva mollarini o‘g‘irlab ketgan. Harbiylar ularga qarshi keng ko‘lamli amaliyot o‘tkazgan. Ikki hafta avval ham ushbu guruh lageriga hujum uyushtirilgan, biroq harbiylar son jihatdan ustun bo‘lgan qurollilar sabab chekinishga majbur bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Nigeriyaning shimoliy va markaziy hududlarida chorva o‘g‘irligi, odam o‘g‘irlash va tovon puli talab qilish bilan shug‘ullanuvchi qurolli jinoiy guruhlar uzoq yillardan buyon faoliyat yuritmoqda. Xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar ayrim jinoiy to‘dalar va jihodchi guruhlar so‘nggi yillarda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirganini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nigeriyaning shimoli-g‘arbidagi Niger shtatida dushman jamoalar o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvlar oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing