Neymar Pele va Messiga tegishli rekordni takrorladi
Sport
−
28 Sentabr 2022 5128 1 daqiqa
Futbol bo‘yicha Braziliya terma jamoasi Tunisga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi hujumchisi Neymar Junior Tunis termasi bilan o‘yinning 29-daqiqasida belgilangan penaltini golga aylantirdi. Bu Neymar uchun terma jamoa safidagi 75-gol bo‘ldi. Afsonaviy Pele Braziliya termasi uchun gol urish borasida rekordchi hisoblanadi. Pele “selesao” uchun mumiy hisobda 77 ta gol urgan. Neymarga afsonaning rekordini takrorlash uchun 2 gol kerak, xolos. 30 yoshli futbolchining o‘zi ham Pelening rekordini yangilash ishtiyoqida ekanligini aytgan.
Umuman olganda, faqatgina uch nafar futbolchi Lotin Amerikasi terma jamoalarida 75+ gol urgan. Bular: Pele (77), Messi (90) va Neymar (75) hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Neymar PSJ safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi. PSJ esa Fransiya chempionatida 22 ochko to‘plagan holda yetakchilik qilmoqda. "Transfermarkt” portali braziliyalik futbolchini 75 million yevroga baholamoqda.
Live
Barchasi