Neymar Pele va Messiga tegishli rekordni takrorladi

Sport

image
0:00
0:00
download

Futbol bo‘yicha Braziliya terma jamoasi Tunisga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi hujumchisi Neymar Junior Tunis termasi bilan o‘yinning 29-daqiqasida belgilangan penaltini golga aylantirdi. Bu Neymar uchun terma jamoa safidagi 75-gol bo‘ldi. Afsonaviy Pele Braziliya termasi uchun gol urish borasida rekordchi hisoblanadi. Pele “selesao” uchun mumiy hisobda 77 ta gol urgan. Neymarga afsonaning rekordini takrorlash uchun 2 gol kerak, xolos. 30 yoshli futbolchining o‘zi ham Pelening rekordini yangilash ishtiyoqida ekanligini aytgan.

Umuman olganda, faqatgina uch nafar futbolchi Lotin Amerikasi terma jamoalarida 75+ gol urgan. Bular: Pele (77), Messi (90) va Neymar (75) hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Neymar PSJ safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11  ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi. PSJ esa Fransiya chempionatida 22 ochko to‘plagan holda yetakchilik qilmoqda. "Transfermarkt” portali braziliyalik futbolchini 75 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Neymar Pele

Baholaganlar

114

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing