NDPIning qurilishdagi “o‘yinlarga” aloqasi yo‘q – Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi

Jamiyat

image

Avvalroq Davlat xavfsizlik xizmati Nukus davlat pedagogika instituti o‘quv binosi qurilishida 12,7 mlrd so‘m talon-toroj qilinganini aniqlagani haqida xabar bergan edik. Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Vazirlikka ko‘ra, Nukus davlat pedagogika institutining qurilishdagi “o‘yinlarga” aloqasi yo‘q.

Vazirlikning ta’kidlashicha, 2018-2021 yillarda Nukus davlat pedagogika institutining o‘quv binolarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish uchun davlat byudjetidan 54,3 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 noyabrdagi 1250-F-son farmoyishiga muvofiq, institutning 2000 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv binosini qurish uchun asosiy buyurtmachi qilib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi, asosiy pudratchisi sifatida “Jayhun Universal Qurilish” MCHJ, asosiy loyihachisi etib “Gorselproyekt” MCHJ belgilangan.

Qurilish ishlari 2018 yilda asosiy pudratchi “Jayhun Universal Qurilish” MCHJ tomonidan boshlanib, 2021 yil sentyabr oyida yakuniga yetkazilishi kerak edi. Ammo, zarur mablag‘lar davlat byudjetidan ajratilganiga qaramasdan, rejalashtirilgan ishlar belgilangan muddatda yakuniga yetmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, pudratchi “Jayhun Universal Qurilish” MCHJ va buyurtmachi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirgan holda, 12,7 milliard so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini talon-toroj qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

talon-toroj

Baholaganlar

105

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing