Najmiddin Qosimxo‘jayevga Prezident sovg‘asi topshirildi

Sport

image

Taekvondo WT bo‘yicha Xitoyning Usi shahrida o‘tkazilgan Jahon chempionatining g‘olibi Najmiddin Qosimxo‘jayevga Prezident sovg‘asi sifatida BYD avtomobili topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 25 dekabr kuni Toshkentdagi Olimpiya va Paralimpiya Shon-shuhrati muzeyida Xitoyning Usi shahrida o‘tkazilgan Jahon chempionatining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda -74 kg vazn toifasida Jahon chempionligiga erishgan Najmiddin Qosimxo‘jayev hukumat qarori asosida Prezident sovg‘asi – BYD avtomobili hamda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, mazkur musobaqada kumush medalga sazovor bo‘lgan Svetlana Osipova hamda sportchilarning murabbiylariga ham pul mukofoti topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ayollar o‘rtasida ilk marta karate WKF bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan Gulshan Alimardonova ham Prezident sovg‘asi sifatida avtomobil bilan taqdirlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident sovg'asi Taekvondo WT Najmiddin Qosimxo'jaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing