Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi
3-sahifa
−
12 may 7202 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda maktab direktori o‘quvchilarni barchani oldida kaltaklagani aks etgan videoyozuv tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 25 fevral kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi maktab direktori Q.J. (1988 - yilda tug‘ilgan erkak) 10-sinf o‘quvchilari N.T, A.A. (2008 yilda tug‘ilgan, o‘g‘il bolalar)larni go‘yoki tartibga chaqirish vaji bilan kaltaklab, o‘quvchilarning tanasining turli qismlarini mushtlab, oyoqlari bilan tepib do‘pposlagan.
Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. O‘quvchilarga yetkazilgan tan jarohati bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Bu borada qo‘shimcha tarzda axborot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanidagi 14-son maktabda o‘quvchilarni urib, ularning sochidan tortib, sudragan maktab direktori o‘z lavozimidan ozod etilgan edi.
Live
Barchasi