NATOga a’zolik yo‘lida: Turkiya, Finlyandiya va Shvetsiya vakillari til topishish uchun uchrashdi
Olam
−
26 avgust 2022
3419Turkiya, Finlyandiya va Shvetsiya vakillari bugun, 26 avgust kuni Suomida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda kelishuvni amalga oshirish shakllari va shimol davlatlarning NATOga a’zo bo‘lish arizasi bo‘yicha kelishuvlarni bajarish uchun uch davlat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni muhokama qildi. Bu haqda Shvetsiya qirolligi hukumat idorasining press-relizida xabar berildi, deb yozmoqda TASS,
“Uchrashuvda uch davlat vakillari iyun oyida Madridda bo‘lib o‘tgan NATO sammiti vaqtida tuzilgan uch tomonlama kelishuvni amalga oshirish jarayonini muhokama qilishdi. Uchrashuv uch davlat amalga oshirish uchun qabul qilgan kelishuvni amalga oshirish shakllari va amalga oshirilgan chora-tadbirlarni muhokama qilish imkonini berdi”, deyiladi xabarda.
Shvetsiya delegatsiyasiga Bosh vazirning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha o‘rinbosari Oskar Stenstryom boshchilik qildi.
Shvetsiya va Finlyandiya masalasi
18 may kuni Finlyandiya va Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berdi, biroq Turkiya bu davlatlardan FETO, Kurdiston ishchilar partiyasi va Suriya Xalq mudofaasi kuchlari tashkilotlarini terrorchi deb e’lon qilishni, terrorizmda yoki 2016 yildagi davlat to‘ntarishiga urinishda ishtirok etishda ayblanganlarni Anqaraga ekstraditsiya qilishni va Turkiyaga qurol yetkazib berishga qo‘yilgan taqiqlarni olib tashlashni talab qilib, a’zolik jarayonini darhol to‘xtatdi.
Joriy yilning 28 iyun kuni Madridda NATO sammiti boshlanishidan oldin Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo, Shvetsiya Bosh vaziri Magdalena Andersson va alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ularning natijalariga ko‘ra, Stokgolm va Xelsinkining NATOga a’zo bo‘lishiga ruxsat beruvchi memorandum imzolandi. Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Anqaraning barcha talablari bajarilishiga kelishib olingan. Unga ko‘ra, Shvetsiya terrorchilik faoliyatida ishtirok etgan 73 kishini ekstraditsiya qilishga va’da bergan.
30 iyun kuni NATO sammitidan keyin matbuot anjumanida ishtirok etgan Erdo‘g‘an, Shvetsiya va Finlyandiya uchun quvonishga hali ertaligini, ular shartni bajarsagina, Turkiya parlamenti Stokgolm va Xelsinkining NATOga a’zo bo‘lishiga oid hujjatni ratifikatsiya qilishini aytdi.