NATO Ukrainaning sovet qurollaridan voz kechishida yordam beradi – Stoltenberg

Olam

image

Shimoliy Atlantika alyansi dronlarga qarshi kurashish uchun Ukrainaga yuzlab odam-portativ tizimlarni yuboradi. Bu haqda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Serbiyaning “Kurir” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Ittifoqchilar Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam berishda davom etadi. NATO har tomonlama yordam beradi”, deya ta’kidladi Stoltenberg.

Shuningdek, u Shimoliy Atlantika alyansi Kiyevga “Sovet davridagi uskunalardan NATOning zamonaviy uskunalariga o‘tishda” yordam berishini aytdi. 

Bundan tashqari, Stoltenberg Madridda bo‘lib o‘tgan sammitda NATO yetakchilari o‘zlarining sharqiy chegaralaridagi jangovar guruhlarni kuchaytirish, tezkor harakat kuchlari sonini hozirgi 40 mingdan 300 mingdan ziyodga oshirishga kelishib olganligini esladi. 

Bosh kotib, NATO oldindan ajratilgan harbiy ta’minot va jihozlar miqdorini ham oshirishini aytdi.

“Biz havo hujumidan mudofaa kabi birinchi qatordagi kuchlarni taqsimlash, qo‘mondonlik va nazoratni kuchaytirish, mudofaa rejalarini aniq ittifoqchilar mudofaasiga bag‘ishlangan kuchlar bilan modernizatsiya qilish imkoniyatini oshiramiz”, deydi u.

Stoltenberg Madriddagi sammitni “tarixiy” deb atadi, Finlyandiya va Shvetsiyaga taklifnomalar yuborilgani, NATOning Rossiya va Xitoyga nisbatan pozitsiyasini belgilovchi hujjatlar chop etilganini qayd etdi.

28-30 iyun kunlari Madridda bo‘lib o‘tgan sammit yakunlari bo‘yicha NATOning yangi strategik konsepsiyasi qabul qilindi, bu alyansning yaqin 10 yilga mo‘ljallangan yo‘l xaritasi hisoblanadi. Unda Rossiya “eng xavfli tahdid” deb nomlanadi. Hujjatda NATO tarixida birinchi marta Xitoy to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy raqib sifatida ko‘rilmasa-da, tizimli chaqiruv va raqobatchi deb atalganligi tilga olinadi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Rossiya Ukraina

Baholaganlar

123

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing