NATO bir qaror uchun AQSHga bosim qilmoqda – OAV

Olam

image

AQSH tomonidan Ukrainaga ayrim qurollarni yetkazib berishni to‘xtatish qarori uchun NATO ittifoqchilari Pentagonga bosim o‘tkazmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qo‘shma Shtatlarning ushbu qarori Ukraina rasmiylari va hatto AQSH ichidagi siyosatchilarni hayratga solib qo‘ygan. Qaror hatto AQSH Davlat departamenti bilan ham kelishilmasdan qabul qilingan bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, NATO tarkibidagi davlatlardan bir nechtasi hozirda AQSH Mudofaa vazirligi (Pentagon)ga bosim o‘tkazmoqda va bu qarorni qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda. 

“Politico” va NBC News nashrlarining xabar berishicha, AQSH Patriot havo mudofaa tizimi uchun raketalar kabi ba’zi qurollarni Ukrainaga yuborishni to‘xtatgan. Bu qaror iyun oyining boshida Pentagon tomonidan qabul qilingan, ammo yaqinda kuchga kirgan. “Financial Times” esa ayrim yuklar yo‘lga chiqqanidan so‘ng to‘xtatilganini bildirgan.

Oq uy bu qarorni tasdiqlagan va “Amerikaning manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish” kerakligini ta’kidlagan.

Shuningdek, Pentagon bu vaqtinchalik to‘xtatishni quvvat zaxiralari va mudofaa ustuvorliklarini qayta ko‘rib chiqish zarurati bilan izohlagan. Davlat departamenti esa bu to‘liq harbiy yordamni to‘xtatish emasligini aytgan va Kiyev qarordan xabarsiz qolgan degan iddaolarni inkor etgan. 

Ukraina Mudofaa vazirligi qaror bo‘yicha rasmiy bildirishnoma olmaganini ma’lum qilgan. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi AQSHning Ukrainadagi muvaqqat vakili Jon Xinkelni chaqirgan. Prezident Vladimir Zelenskiy esa bu masalada Vashington bilan aniqlashtirish olib borilayotganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq respublikachi kongressmen Brayan Fitspatrik Trampdan Ukrainaga harbiy yordamning to‘xtatilishi bo‘yicha zudlik bilan tushuntirish berishni talab qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh NATO Ukraina Pentagon Patriot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing