Namanganda sog‘ayganlar soni 5 nafarga ko‘paydi
Jamiyat
−
15 may 2020 5723 1 daqiqa
Namangan viloyatida 5 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 14 may kuni sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
“Bugun Namangan viloyatida 5 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha,sog‘ayganlarning barchasi Namangan viloyatidan (2 nafari Namangan shahridan, 2 nafari Uychi tumanidan, 1 nafari esa Namangan tumanidan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 2 nafari erkak, 3 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 60 yoshda, yoshi kichigi esa 3 yoshli qizaloq.
Ma’lumot uchun, viloyatda shu paytga qadar 202 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 207 nafarga yetdi. Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2141 nafarga yetdi.
Live
Barchasi