Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Biroz avval Nurshod Nurmamatovich Xudoyberdiyev Namangan viloyatining Mingbuloq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganlig to‘g‘risida xabar bergan edik. 

Ayni paytgacha Mingbuloq tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Tohirjon Yo‘ldoshboyevich Rapiqov esa, Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning qaroriga ko‘ra, Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqida “Namnews.uz” viloyat hokimligi axborot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Tohirjon Rapiqov 1974 yilda Namangan viloyati Chust tumanida tug‘ilgan. 1996 yilda Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 1996 yili Chust tumani agroxizmat uyushmasi mutaxassisligidan boshlagan. Turli yillarda Chust tumani qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, Chust tumani statistika va hisoblash ishlari markazi bosh mutaxassisi, shu markaz boshlig‘i, Chust tumani statistika bo‘limi boshlig‘i,  Chust tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Namangan viloyati hokimligining axborot-tahlil guruhi rahbari, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi vazifalarida faoliyat yuritgan.

Tohirjon Rapiqov 2016 yildan hozirgi vaqtga qadar Mingbuloq tumani hokimi lavzomida ishlab kelayotgandi. Qayd etish joiz, uning hokimlikdagi izchil va samarali faoliyati O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019 yil 1 mart kuni viloyat faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda alohida e’tirof etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan viloyati

Baholaganlar

46

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing