“Nyu-York Niks” 53 yil ichida ilk bor NBA chempioni bo‘ldi
Sport
−
14 iyun 1930 1 daqiqa
“Nyu-York Niks” klubi 2025/26 yilgi mavsumda Milliy basketbol assotsiatsiyasi (NBA) g‘olibiga aylandi. Bu jamoa tarixidagi uchinchi chempionlik unvonidir.
Finalda “Niks” jamoasi “San-Antonio Spers” bilan kuch sinashgan. To‘rtta g‘alabagacha davom etadigan seriya beshta o‘yinni o‘z ichiga olgan.
14 iyunga o‘tar kechasi Nyu-York jamoasi raqibini 94:90 hisobida mag‘lub etgan. Shu tariqa, “Niks” butun seriyada 4:1 hisobida g‘alaba qozongan.
Mayk Braun shogirdlari 53 yil ichida ilk bor NBA chempioni bo‘lgan. Bundan avval “Nyu-York” unvonni 1970 va 1973 yillarda qo‘lga kiritgan. “Spers” esa besh karra liga g‘olibi sifatida qolgan.
Finalning eng yaxshi o‘yinchisi (MVP) deb “Niks” a’zosi Jeylen Branson topilgan. Amerikalik pleymeyker hal qiluvchi seriyada har bir o‘yinda o‘rtacha 32,6 ochko, 4,2 ta topni ilib olish va 4,6 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Yakuniy uchrashuvda u jamoasiga 45 ochko keltirgan va maydonning eng sermahsul o‘yinchisiga aylangan.
Live
Barchasi