29 yoshli basketbolchi vafot etdi
Sport
−
13 may 1221 1 daqiqa
AQSH Milliy basketbol assotsiatsiyasining (NBA) “Memfis Grizzlis” basketbol jamoasi o‘yinchisi Brendon Klark 29 yoshida vafot etdi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.
“Brendon Klarkning fojiali vafotidan chuqur qayg‘udamiz. U nafaqat ajoyib jamoadosh, balki juda yaxshi inson edi. Uning jamoaga qo‘shgan hissasi hech qachon unutilmaydi. Ushbu og‘ir damlarda uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz”, deyiladi klub bayonotida.
Hozircha basketbolchining o‘lim sababi rasman ochiqlanmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning aprel oyida Klark tezlikni oshirish va giyohvand moddalar saqlash ayblovlari bilan hibsga olingan.
Ma’lumot uchun, Klark 2019 yilgi NBA musobaqalarida ishtirok etishni boshlagan. Joriy mavsumda u turli jarohatlar sabab atigi ikkita uchrashuvda maydonga tushib, o‘rtacha 4 ochko va 0,5 assist qayd etgan.
Faoliyati davomida esa Klark 309 ta NBA o‘yinida qatnashib, har bir uchrashuvda o‘rtacha 10,2 ochko va 1,3 assist natijasini ko‘rsatgan.