Murojaatlar bilan ishlashdagi kamchiliklari sabab 151 nafar mansabdor ishdan olindi
Jamiyat
−
10:47 3580 1 daqiqa
O‘zbekistonda murojaatlar bilan ishlashda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarda mansab lavozimlarida faoliyat yuritgan 151 nafar shaxs ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Prezident Xalq qabulxonasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2026 yilning yanvar-avgust oylarida Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan murojaatlar bilan ishlashda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga ta’sir choralari ko‘rish bo‘yicha jami 5486 ta hujjat kiritilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida 151 nafar shaxs lavozimidan ozod etilgan bo‘lsa, 833 nafar xodimga hayfsan jazosi qo‘llanilgan. Shuningdek, 150 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortilgan va 1335 nafari rasman ogohlantirilgan.

Shuningdek, bildirilishicha, murojaatlardagi kamchiliklardan kelib chiqib, chora ko‘rishdan tashqari, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni tuzatish bo‘yicha eng ko‘p murojaat tushayotgan 10 ga yaqin tashkilotlarda amaliy o‘quv seminarlari ham tashkil etilgan.
Axborotnomada Prezident Xalq qabulxonasi aholi murojaatlari bilan ishlashda ijro intizomini doimiy nazorat qilishda davom etishi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 sentyabr kuni O‘zbekiston yetakchisi boshchiligida o‘tkazilgan kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda O‘zbekistonda qariyb 9 ming hokim yordamchisi lavozimiga qayta tayinlovlar bo‘lishi kutilayotgani aytilgandi.
Live
Barchasi