Doping sabab futboldan chetlatilgan ukrainalik futbolchining diskvalifikatsiyasi bekor qilindi
Sport
−
09:59 633 1 daqiqa
Angliya Futbol assotsiatsiyasi (FA) “Chelsi” yarim himoyachisi Mixail Mudrikning doping ishi bo‘yicha diskvalifikatsiyasini bekor qildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tomonlar Jahon antidoping agentligi (WADA) roziligi bilan intizomiy ish yuritishni yakunlagan. Sud jarayonida Mudrik doping qabul qilganini tan olgan. U kelishuvga muvofiq, avval o‘tagan muddati bilan cheklangan diskvalifikatsiyaga rozi bo‘ldi. Shu tariqa, ukrainalik futbolchi yana rasman maydonga qaytish huquqini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil dekabr oyida “Chelsi” Mudrikning doping sinovidan o‘ta olmaganini tasdiqlagan edi. Shundan so‘ng, Angliya Futbol assotsiatsiyasi uni musobaqalardan chetlatdi. 2026 yil aprel oyida esa futbolchi to‘rt yilga diskvalifikatsiya qilingani va ish Sport arbitraj sudiga yuborilgani ma’lum qilingan edi.
Mudrik so‘nggi bor “Chelsi” safida 2024 yil 1 dekabr kuni Angliya Premer-ligasining “Aston Villa”ga qarshi uchrashuvida (3:0) maydonga tushgan.
25 yoshli yarim himoyachi 2024-2025 yilgi mavsumda turli musobaqalarda 15 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Umuman olganda, u “Chelsi” safida 73 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 11 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Live
Barchasi