Mubashshir Ahmadning sudi qoldirildi

3-sahifa

image

Bugun, 22 sentyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tumani sudida diniy olim va bloger, “Azon Global” axborot-tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov)ning navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq ishni ko‘rayotgan sudya Bobur Rahimovning boshqa sud majlisi bo‘yicha maslahatga kirib ketgani sababli ushbu sud majlisi qoldirildi. Bu haqda “Azon Global” xabar berdi. 

Nashrning yozishicha, sud majlisi joriy yil 29 sentyabr soat 14:00 ga ko‘chirilgan. 

Qayd etish joiz, Mubashshir Ahmadning bundan oldingi sud majlisi joriy yilning 18 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. Sudda davlat ayblovchisi Mubashshir Ahmadga 7 yil qamoq jazosini so‘ragandi.

Ma’lumot uchun, Alisher Tursunovga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) va 244-3-moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida Alisher Tursunov Istanbulning Bohchashehir mavzeidagi uyidan gumonlanuvchi sifatida olib ketilgandi. Keyinchalik, ijtimoiy tarmoqlarda Tursunov Turkiyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Alisher Tursunov Turkiyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinganini rasman tasdiqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mubashshir Ahmad Alisher Tursunov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing