MRB va “Mossad” rahbarlari HAMAS taklifini muhokama qilish uchun Misrga boradi 

Olam

image

AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Uilyam Byorns va Isroilning “Mossad” razvedka boshqarmasi rahbari David Barnea Misr va Qatarning yuqori martabali rasmiylari bilan uchrashishi kutilmoqda. Bu haqda nomi oshkor etilmagan diplomatik manbalarga tayanib, “Financial Times” xabar berdi.
 
Qohirada bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan muzokaralardan asosiy maqsad Yaqin Sharqdagi urushni to‘xtatish va HAMAS tomonidan G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashdir.

Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, bo‘lajak uchrashuv yahudiy davlati Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning g‘alabagacha kurashishga va’da bergan murosasiz bayonotlariga qaramay, Isroil muzokaralarga ochiq ekanidan dalolatdir. 

"Oldingi muhokamalar konstruktiv bo‘ldi va murosaga kelish istagi bor. Barnea rozilik bo‘lmaganida muzokaralarga bormagan bo‘lardi", deydi ismi oshkor etilmagan diplomat.

U muzokarachilar barcha garovga olinganlar ozod etilganidan keyin e’lon qilmoqchi bo‘lgan doimiy sulhning o‘rnatilishini va Isroil qo‘shinlarining G‘azo sektoridan olib chiqilishini tomonlar pozitsiyalaridagi farq qiladigan asosiy nuqtalar deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, 28 yanvar kuni Byorns Parijda Misr, Isroil va Qatar vakillari bilan uchrashgandi. NBC maslahatlashuv ishtirokchilari HAMAS va Isroil o‘rtasidagi garovga olinganlarni falastinlik asirlarga bosqichma-bosqich almashish, jangovar harakatlarni to‘xtatib turish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazib berishni nazarda tutuvchi yangi kelishuv asosida kelishib olishganini xabar qildi. Keyinroq HAMAS Parijdagi uchrashuv chog‘ida ishlab chiqilgan Isroil bilan kelishuv bo‘yicha taklif olgani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Misr Isroil Mossad David Barnea Uil'yam Byorns

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing