Moskvadagi YTHda o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Olam

image

Joriy yilning 3 mart kuni Moskva shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi halok bo‘ldi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, YTH oqibatida 1986 yil 4 oktyabrda Namangan shahrida tug‘ilgan o‘zbekistonlik Sardorbek Akramovich G‘afurov qurbon bo‘lgan.

Rossiya IIVning Moskva shahri bo‘yicha Bosh boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra hodisa vaqtida jarohat olgan 20 yoshli Saidjon Uksan o‘g‘li Urunov 1-son shahar klinik shifoxonasiga yuborilgan.

Mazkur masala Elchixona Konsullik bo‘limi nazoratiga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Moskva

Baholaganlar

37

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing