Moreyra ta’tilga chiqdi

Sport

−

image

Avvalroq, “Paxtakor” murabbiyi Pedro Moreyra iste’foga chiqarilgani haqida xabar berilgan edi. 

50 yoshli Pedro Moreyra sog‘ligidagi muammolar sabab ta’tilga chiqqan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“ "Paxtakor" bosh murabbiyi sog‘lig‘i tufayli qisqa muddatli ta’tilga chiqdi. Shu sababli Superliganing navbatdagi turlarida "Paxtakor" bosh murabbiyi vazifasini vaqtinchalik Kamoliddin Tojiyev bajarib turadi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, “Paxtakor” joriy mavsum Superligada 8-tur yakuniga ko‘ra, 9 ochko jamg‘arib, 12-o‘rinni band etib kelmoqda. Jamoa oxirgi o‘yinda “Surxon” mehmoni bo‘ldi va 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing