Moldova parlamenti mamlakatning MDHdan chiqishini tasdiqladi
Olam
−
02 aprel 1396 1 daqiqa
Moldova parlamenti Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) bilan asosiy bitimlarni denonsatsiya qilish (bekor qilish) uchun ovoz berdi, bu esa mamlakatning tashkilot tarkibidan chiqishiga yo‘l ochadi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Qayd etilishicha, tegishli qonunni qabul qilish uchun 101 nafar deputatdan 60 nafari ovoz bergan. Kommunistlar va Sotsialistlar partiyasi deputatlari bunga qarshi chiqqan. Ularning fikricha, Moldovaning MDHdan chiqishi mamlakat iqtisodiyoti uchun “halokatli oqibatlarga” olib keladi.
Kelgusida qabul qilingan qonunlarni Moldova Prezidenti imzolashi kerak. Shundan so‘ng, TIV barcha hujjatlarni MDH Ijroiya qo‘mitasiga yuboradi. Mamlakat ushbu hujjatlar topshirilgandan 12 oy o‘tgach tashkilotni butunlay tark etadi.
Moldova rasmiylari MDHdan chiqish rejasini ilk bor 2023 yil dekabrida, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Moldovaning MDHdagi ishtiroki “katta ahamiyatga ega emas” va “qanday xohlashsa, shunday qilishsin” deganidan so‘ng ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, avvalgi yillarda Gruziya (2008 yilda) va Ukraina (2018 yilda) MDH tarkibidan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi 2026 yil 9 oktyabr kuni Kaspiy dengizi bo‘yidagi Turkmanboshi shahrida yig‘ilishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi