Moldovaga 17 soatda Rossiyaning 5 ta droni quladi

Olam

−

image

Moldova hududiga 17 soatdan ortiq vaqt ichida Rossiyaga tegishli deb topilgan beshta dron qulab tushdi. Hodisalar ortidan mamlakat Tashqi ishlar vazirligi Rossiyani qoraladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, dronlar joriy yilning 15-16 oktyabr kunlari Moldova havo hududiga kirgan. Ularning barchasi mamlakatning, asosan, shimoliy va sharqiy hududlariga qulagan. Hodisalar oqibatida bir kishi yengil tan jarohati olgan, shuningdek, moddiy zarar yetgan.

“Bu hodisalar fuqarolar xavfsizligiga tahdid soladi va Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushi mintaqaviy barqarorlikka bevosita ta’sir ko‘rsatayotganini anglatadi”, deyiladi Moldova Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Ma’lum qilinishicha, bunday hodisalar sabab Moldova Tashqi ishlar vazirligi avval ham Rossiya elchisi Oleg Ozerovni izoh talab qilish uchun chaqirgan.

Moldova Prezidenti Mayya Sandu Rossiyaning tashqi siyosatini mamlakat manfaatlariga zid deb hisoblaydi. Shu sababli u Ozerovning diplomatik vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni topshirishiga ruxsat bermagan. Elchi esa ikki yildan ortiq vaqtdan beri Moldovada faoliyat yuritmoqda.

O‘z navbatida, Rossiya tomoni Sanduni Moskvaga nisbatan dushmanona siyosat yuritishda ayblaydi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Moldova bilan munosabatlarni yaxshilash uchun Sandu hukumati rusofobiyaga asoslangan siyosatidan voz kechishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Moldovani G‘arb davlatlari ko‘magida Rossiya bilan urushga tayyorlanayotganlikda ayblagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing