Modrich Italiyada yangi rekord o‘rnatdi
Sport
−
15 Sentabr 3674 1 daqiqa
Italiya “Milan” jamoasining yangi futbolchisi Luka Modrich A Seriya doirasida o‘zining debyut golini kiritdi. Bu gol bilan Modrich A Seriyadagi 65 yillik rekorni yangiladi. Endi u Italiya chempionati yarim himoyachilar orasidagi gol urgan tarixdagi eng keksa futbolchi hisoblanadi. Bu haqda “Euro-football” nashri xabar berdi.
Xorvatiyalik futbolchi kecha, 14 sentyabr kuni Italiya A Seriyasi 3-turida “Bolonya” jamoasiga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 61-daqiqada “Milan” libosida o‘zining birinchi golini kiritdi. Modrichning 40 yosh va 5 kunlik paytida urgan goli uni A Seriya tarixidagi yarim himoyachilar orasida eng keksa gol muallifiga aylantirdi. Modrich Madridning sobiq futbolchisi Nils Lidxolmning 1961 yilgi rekordini yangiladi.
Nils Lidxolm 1961 yilda, 38 yosh-u 169 kunlik paytida “Inter”ga gol urib, rekod o‘rnatgan edi.
Luka Modrich shu yilning yozida “Real Madrid” jamoasini erkin agent sifatida tark yetib, Italiyanig “Milan” jamoasiga kelib qo‘shilgan edi. Futbolchining milanliklar bilan 2026 yil yoziga qadar tuzilgan shartnomasi bor.
Ma’lumot uchun, “Milan” jamoasi Italiya A Seriyasi 3-turidan so‘ng, 6 ochko to‘plagan holda 5-o‘rinni band etgan. Navbatdagi uchrashuv joriy yilning 20 sentyabr kuni “Udineze” klubiga qarshi bo‘lib o‘tadi.