Xayr “San-Siro”. “Milan” va “Inter” yangi stadion loyihasini taqdim etdi
Sport
−
12:11 337 2 daqiqa
Italiyaning “Milan” va “Inter” klublari kelajakda umumiy foydalanadigan yangi stadion loyihasini taqdim etdi. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” naşri xabar berdi.
Naşrning ma’lum qilişiça, keça, 29 oktyabr kuni Milandagi Sforsa qal’asida ötkazilgan taqdimot marosimida yangi stadionga “Generali” deb nom berilişi e’lon qilingan.
Yangi arena 71,5 ming tomoşabinga möljallanadi. U ikki qavatli, oval şaklidagi loyiha asosida quriladi. Bunday dizayn muxlislarni maydonga yanada yaqinlaştirişga qaratilgan.
Stadionning eng diqqatga sazovor jihatlaridan biri darvozalar ortidagi tribunalar böladi. Uşbu qismlar “Borussiya Dortmund”ning maşhur “Sariq devor”idan ilhomlanib loyihalaştirilgan. Tribunalarning qiyaligi 37 darajani taşkil etadi. Bu esa muxlislarga maydonni yaqindan kuzatiş va stadionda öziga xos muhit yaratiş imkonini beradi.
Arena loyihasi Foster + Partners va MANICA arxitektura kompaniyalari tomonidan işlab çiqilmoqda. Stadion atrofida savdo hududlari, restoranlar va köngiloçar maskanlar ham barpo etiladi. Natijada tarixiy “San-Siro” hududini zamonaviy dam oliş maskaniga aylantiriş rejalaştirilgan.
Quriliş işlari 2027 yilda boşlanişi, stadion esa 2031-3032 yilgi mavsumda foydalanişga topşirilişi kutilmoqda. “Milan” va “Inter” arenani Yevro-2032 musobaqasiga qadar tayyorlaşni maqsad qilgan.
Ayni paytda afsonaviy “San-Siro” stadionini qisman buziş rejalari ham amalga oşirilmoqda.
Live
Barchasi27 Oktyabr