Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston
−
01 Aprel 2025 5991 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga amaliy tashrifi yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Oliy darajadagi tadbirlarga boy dastur doirasida Xo‘jand shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Imomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazdi, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston rahbarlarining qo‘shma uchrashuvida ishtirok etdi.

Do‘stlik stelasining ochilish marosimi va uch mamlakat davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi tarixiy shartnomaning imzolanishi bo‘lib o‘tdi.
Yetakchilar tarixiy-madaniy majmua – Xo‘jand qal’asiga tashrif buyurib, san’at ustalarining qo‘shma konsert dasturini tomosha qildi.

Aeroportda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon kuzatib qo‘ydi.
Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.
Live
BarchasiShavkat Mirziyoyev Ummonga bordi
16 Noyabr
Bangladeshda tikuvchilar ish tashlamoqda
16 Noyabr