Mirziyoyev Japarov bilan muzokara o‘tkazdi

Jamiyat

image

Bugun, 31 mart kuni Tojikistonning Xo‘jand shahrida o‘tayotgan uch tomonlama sammit doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuv avvalida yetakchilar bahor ayyomi Navro‘z va muborak Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, birodar xalqlarga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilashgan.

Qolaversa, bugun bo‘lib o‘tgan uch tomonlama muzokaralar yakunlari, ularning asosiy natijasi sifatida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani yuksak baholangan.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishdagi yutuqlar mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Energetika va transport kommunikatsiyalari sohasidagi yirik mintaqaviy loyihalarni, shu jumladan “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temiryo‘li qurilishini jadallashtirish masalalari muhokama qilingan.

Davlat rahbarlari hududlar o‘rtasidagi faol aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish muhimligini qayd etgan.

Prezidentlar bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi va kun tartibi yuzasidan ham fikr almashgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Shavkat Mirziyoyev, Imomali Rahmon va Sadir Japarov O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi tarixiy shartnoma imzolagan hamda uch davlat rahbarlarining Qo‘shma deklaratsiyasi qabul qilgandi. Shundan so‘ng, davlat yetakchilari uch mamlakat davlat chegaralari tutashgan hududda Do‘stlik stelasini tantanali ravishda ochgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Tojikiston Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing