Kurs UZS

USD

12 947.20

26.76

EUR

14 222.50

-30.04

RUB

153.38

-0.14

Mirziyoyev Yevrokengash raisi bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 2 aprel kuni kechqurun Yevropa Kengashi raisi Antoniu Koshta bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, Yevropa Ittifoqining oliy martabali vakili bugun ertalab O‘zbekistonga kelgan va Buxoro shahriga tashrif buyurib, O‘zbekiston xalqining madaniy-tarixiy merosi bilan tanishgan.

Uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilgan.

Bo‘lajak “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” formatidagi birinchi sammitga tayyorgarlik masalalari atroflicha ko‘rib chiqilgan.

Ma’lumot uchun, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi ilk sammit 3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raislik qiladi va unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchilari ishtirok etadi. 4-5 aprel kunlari esa “Silk Road Samarkand” kongress markazida birinchi Samarqand iqlim forumi bo‘lib o‘tadi. Forumda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi, BMT, xalqaro moliya institutlari va yetakchi ekologiya tashkilotlari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Sammit davomida Yevroittifoq o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha sodiqligini tasdiqlashi kutilmoqda. Bular qatoriga transport va raqamli aloqa, muhim xomashyo resurslari, iqtisodiy va xavfsizlik sohalaridagi sheriklik hamda energetik o‘tish jarayoni kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyurgani xabar qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Evropa Ittifoqi Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi Evrokengash Antoniu Koshta Samarqand sammiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing