Mirziyoyev Toqayevga ta’ziya bildirdi
Jamiyat
−
21 aprel 2019 5668 1 daqiqa
Bugun, 20 aprel kuni mahalliy vaqt bilan 05:09da Qozog‘istonning Jambil viloyati Qorday tumanidagi “Chimkent-Olma-ota” trassasining 181-kilometrida avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergani, unda 49 yo‘lovchidan 11 nafari vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning Jambil viloyatida yo‘l-transport hodisasi oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Prezident Qosim-Jomart Toqayevga hamdardlik bildirdi.
Ma’lumot o‘rnida, halok bo‘lganlarning uch nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridir:
Abduxoliqov O‘rinboy Mirhamid o‘g‘li – 1993 yilda Toshkent viloyati Ohangaron tumanida tug‘ilgan;
Yormekboyeva Dilorom Abduxoliqovna – 1972 yilda Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida tug‘ilgan;
Kalmuratov Alisher Safarbayevich – 1988 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan.
Shuningdek, avtobusda bo‘lgan 32 nafar yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohati olgan, ularning 13 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridir.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr