Mirziyoyev Samarqandga boradi

Jamiyat

image

Bugun, 22 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga boradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Bildirilishicha, davlat rahbari Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qiladi, Samarqand viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishadi.

Ma’lumot uchun,  3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti bo‘lib o‘tadi. Yevropa Kengashi raisi Antonio Koshta va Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen ushbu sammitda qatnashish uchun O‘zbekistonga keladi. Tadbir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchilari ishtirokida bo‘lib o‘tadi. 4-5 aprel kunlari esa “Silk Road Samarkand” kongress markazida birinchi Samarqand iqlim forumi bo‘lib o‘tadi. Forumda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi, BMT, xalqaro moliya institutlari va yetakchi ekologiya tashkilotlari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing