Mirziyoyev parasportchi qizga uy sovg‘a qildi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 30 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan parasportchi qizga uy sovg‘a qildi.

Davlat rahbari velosport bo‘yicha Paralimpiya terma jamoasi a’zosi Fotima Saipovani shaxsan tabriklab, unga uy sovg‘a qilish yuzasidan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga topshiriq berdi.

O‘zbekiston yetakchisi sportchi qizning shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlar yetarli ekani, ammo uyi yo‘q ekanini aytib, shu boisdan unga turar-joy berishga qaror qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu uy Prezidentning resursidan beriladi.

Ma’lumot uchun, Fotima Dilshod qizi Saipova xalqaro toifadagi sport ustasi, Osiyo chempioni hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bir guruh yoshlarni “Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev uy Paralimpiya Yoshlar kuni Fotima Saipova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing