Mirziyoyev Ostonaga ketdi
Jamiyat
−
02 Noyabr 2023 9095 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi.
Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya, ekologiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda yanada rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.
Joriy yilda Turkiy davlatlar tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi raislik qilmoqda.
Live
Barchasi
Andijonda Labo Malibu-2 bilan to‘qnashdi
26 Oktyabr
Indoneziyada havo sifati keskin yomonlashdi
26 Oktyabr