Mirziyoyev Qorabog‘ga boradi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifini boshladi. Tashrif davomida davlat rahbari Baku, Xonkendi, Shusha va Ag‘dam shaharlarida bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Bugun, 2 iyul kuni ikki mamlakat yetakchilari Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazadi, “O‘zbekiston” bog‘iga tamal toshi qo‘yadi va O‘zbekistonning Bakudagi elchixonasi yangi binosini ochib beradi.

Ertaga, 3 iyul kuni Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev muloqotni Ozarbayjonning Qorabog‘ tumanida davom ettirib, Xonkendidagi qo‘shma tikuvchilik fabrikasi va Ag‘dam shahridagi “Imorat” tarixiy-me’moriy majmuasi bilan tanishadi.

Tashrifga tayyorgarlik doirasida sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha salmoqli kelishuvlar to‘plami shakllantirilgan. 

“Tashrifning tadbirlarga boy dasturi 2024 yilda ittifoqchilik maqomini olgan O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarining misli ko‘rilmagan yuksak darajaga chiqqanini ko‘rsatadi hamda ikki davlat rahbarlarining avvalgi uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomidir”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning avgust oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva davlat tashrifi bilan Ozarbayjonga borgandi. Tashrif davomida Qorabog‘ga ham borildi va Fuzuliy shahrida O‘zbekiston tomonidan qurilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-sonli maktab ochildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Ozarbayjon Ilhom Aliev Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing