Miraziz Mirzahalilov Toshkentda kamar uchun jang qiladi 

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Miraziz Mirzahalilov 16 iyun kuni Toshkentda tashkil etiladigan boks oqshomida kamar uchun jang qiladi. 

Mirzahalilovga o‘sha kuni qozog‘istonlik Nurslan Sobirov raqiblik qiladi. 53 kilogramm vazn toifasida kechadigan bahs WBA'ning Osiyo mintaqaviy kamari uchun bo‘lib o‘tadi. 

Bunga qadar Mirzahalilov professional boksda 2 ta jang o‘tkazib, har ikkalasida raqiblarini muddatidan oldin taslim etgan. Uning qozog‘istonlik raqibi esa 9 ta jangining 7 tasida g‘alaba qozongan.

Shuningdek, 63,5 kilogramdagi turnir finalida yana bir o‘zbekistonlik prof bokschi Mujibillo Tursunov ham Qozog‘iston vakili Dilshod Nurimga qarshi WBC Osiyo mintaqaviy kamari uchun bahs olib boradi. 

Bu jang Mujibillo uchun professional boksdagi uchinchisi hisoblanadi. Ungacha u profboksda 2 ta jang o‘tkazib, g‘alabaga erishgan. Raqibi ham 6 ta jangining barchasida zafar quchgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq britaniyalik sobiq WBO chempioni britaniyalik Pol Batler navbatdagi jangini Toshkentdagi “Humo” arenada o‘tkazishi haqida xabar berilgandi. Hozircha uning raqibi aniq emas.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

professional boks Miraziz Mirzahalilov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing