“Milan” Allegrini iste’foga chiqardi
Sport
−
26 may 759 2 daqiqa
“Milan” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘tgan mavsumdagi omadsizlikdan keyin klub oldiga aniq maqsad qo‘yilgan edi — Chempionlar ligasiga qaytish va A Seriya yuqori pog‘onalarida barqaror o‘rin egallash uchun mustahkam poydevor yaratish. Mavsumning katta qismida biz kuchli ikkilik safida bo‘ldik va “Skudetto” uchun kurashish imkoniyatiga ega edik. Biroq mavsum kutilganidan ancha past darajada yakunlandi va so‘nggi turdagi mag‘lubiyat bu mavsumni to‘liq muvaffaqiyatsizlikka aylantirdi. Endi o‘zgarishlar qilish va klub sport bo‘limini chuqur qayta tashkil etish vaqti keldi”, deyiladi “Milan” klubi bayonotida.
Joriy yilning 24 may kuni “Milan” A Seriyaning so‘nggi — 38-tur uchrashuvida o‘z maydonida “Kalyari”ga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Natijada jamoa turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab, kelasi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. “Rossoneri” endi Yevropa ligasida ishtirok etadi.
Allegri bilan birga klub bosh direktori Jorjio Furlani, sport direktori Igli Tare va texnik direktor Jeffri Monkada ham jamoani tark etdi.
Ma’lumot uchun, 58 yoshli Massimiliano Allegri 2025 yil iyul oyida ikkinchi marta “Milan” bosh murabbiyiga aylangan edi. U bundan avval 2010–2014 yillarda ham “rossoneri”ni boshqargan.
Live
Barchasi