Messi o‘zini “Formula-1”da sinab ko‘rdi (video)
Sport
−
04 may 607 1 daqiqa
AQSHning “Inter Mayami” jamoasi hujumchisi va sardori Lionel Messi “Formula-1” Mayami Gran-pri bosqichida ishtirok etdi. U professional poyga mashinasida ko‘rinish berdi.
Argentinalik yulduz “Mersedes” jamoasi garajiga tashrif buyurib, Kimi Antonelli va Jorj Rassell bilan muloqot qilgan. Shuningdek, u “Formula-1” avtomobiliga o‘tirib, haydovchi rolida ham o‘zini sinab ko‘rgan.
“Formula-1” Mayami bosqichi “Mersedes” jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tgan. Kimi Antonelli ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritgan, Jorj Rassell esa musobaqani to‘rtinchi o‘rinda yakunlagan.
Natijalar bo‘yicha Antonelli haydovchilar reytingida 100 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.
Musobaqadan so‘ng “Mersedes” jamoasi konstruktorlar o‘rtasidagi chempionatda ham peshqadamlikni mustahkamladi. Jamoa 180 ochko jamg‘arib, eng yaqin ta’qibchisi “Ferrari” ustidan farqni 70 ochkoga yetkazdi.
Live
Barchasi