Messi sovrinsiz qoldi

Sport

image

Argentinalik hujumchi Lionel Messi futbol bo‘yicha AQSH chempionati (MLS) talqiniga ko‘ra chempionatning “Eng yaxshi yangi futbolchisi” sovrinini qo‘lga kirita olmadi. Bu haqda liga o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Nominatsiyada “Atlanta Yunayted”ning gretsiyalik hujumchisi Georgios Yakumakis g‘olib chiqdi. MLSning joriy mavsumida Yakumakis 28 o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urdi.

Forvard 2023 yilning fevralida "Atlanta Yunayted"ga kelib qo‘shilgandi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.

Mukofot uchun Messidan tashqari “Sent-Luis Siti” vakili Eduard Lyoven ham kurash olib bordi.

Ma’lumot uchun, Messi yozgi transfer oynasida erkin agent sifatida “Inter Mayami”ga o‘tgan edi. Argentinalik hujumchining klub bilan shartnomasi 2025 yilning dekabrigacha amal qiladi. O‘tgan mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 13 ta o‘yinda qatnashib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Inter Mayami Atlanta Yunayted

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing