Messi Peledan o‘tib ketdi
Sport
−
09:49 639 1 daqiqa
Argentina milliy terma jamoasining sardori Lionel Messi 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/16 final bosqichida Kabo-Verdega qarshi o‘yinda yana bir tarixiy natija qayd etdi. Bu haqda “Opta” portali xabar berdi.
Uchrashuvning 29-daqiqasida hisobni ochgan Messi Jahon chempionatining pley-off bosqichlarida gol+pas tizimi bo‘yicha samarali harakatlari sonini 12 taga yetkazdi. Argentinalik futbolchi hisobida endi pley-off o‘yinlarida 6 ta gol va 6 ta golli uzatma bor.
“Opta” ma’lumotlariga ko‘ra, bu 1966 yildan buyon Jahon chempionatining pley-off bosqichlarida har qanday futbolchi qayd etgan eng yaxshi natija hisoblanadi. Messi ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha braziliyalik afsona Pele va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappeni ortda qoldirdi. Ular hisobida 11 tadan samarali harakat – 6 ta gol va 5 ta golli uzatma mavjud edi.
Shuningdek, mazkur gol Messi uchun 2026 yilgi Jahon chempionatidagi 7-gol, mundiallar tarixidagi 20-gol va u gol urgan ketma-ket sakkizinchi Jahon chempionatining uchrashuvi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, endilikda Argentina terma jamoasi 1/8 finalda Misrga qarshi bahs olib boradi.
Live
Barchasi10:14