Messi avtohalokatga uchrashiga oz qoldi

Sport

image

Argentinalik hujumchi Lionel Messi Mayamida yo‘l transport hodisasiga uchrashiga oz qoldi. Bu haqda “TyC Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, voqea 14 iyul kuni sodir bo‘lgan. Mayamidagi sayohat davomida Messining mashinasiga politsiya hamrohlik qilgan. Leoning mashinasi svetoforning qizil chirog‘i yongan bo‘lishiga qaramay, harakatlanib ketgan. Yaxshiyamki, chorrahada boshqa avtomobillar tezlikni pasaytirishga ulgurgan. Hozircha mashinani Messi yoki boshqa kishi boshqargani noma’lum.

Ma’lumot uchun, Messi Fransiyaning PSJ klubidan “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tdi. U Parij klubi safida 75 ta o‘yinda 32 ta gol urdi va 35 ta golli uzatmani amalga oshirdi. PSJga kelgunga qadar Lionel “Barselona”ning sharafini himoya qilgan. U Kataloniya klubi bilan 10 marta Ispaniya chempionatida va 4 marta Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, 16 iyul kuni “Inter Mayami”  futbolchisi sifatida tanishtirildi. 36 yoshli futbolchi MLS klubi bilan 2025 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi. Messi yangi jamoasida 10-raqamda harakat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing