Messi 10 kun ichida PSJni tark etishi mumkin
Sport
−
05 may 2023 8365 1 daqiqa
“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Lionel Messi yaqin kunlarda klub bilan shartnomasini bekor qilishi mumkin. Bu haqda “Le Parisien” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, argentinalik hujumchi yaqin 10 kun ichida klubni tark etishi kutilmoqda.
Shuningdek, futbolchi klub ruxsatisiz Saudiya Arabistoniga borgani uchun ikki hafta diskvalifikatsiya qilindi. Qayd etilishicha, Messi PSJda o‘ynashni istamayapti.
Messi katta ehtimol bilan PSJ bilan shartnomani uzaytirmaydi. Futbolchiga Saudiya Arabistoni bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsum Messi PSJ safida Fransiya chempionatida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va xuddi shuncha assist muallifiga aylandi.
Live
Barchasi